YUNISEF tomonidan O‘zbekistonda milliy immunizatsiya tizimini rivojlantirish uchun 2150 ta kompyuter jamlanmasi taqdim qilindi
Joriy yil mart oyida Sog‘liqni saqlash vazirligi va YUNISEF tomonidan 2022-2025 yillarga mo‘ljallangan 102,5 million AQSh dollarilik "Yo‘l xaritasi" imzolangan edi.
Bugun ushbu hamkorlik doirasida Sog‘liqni saqlash vazirligiga mamlakatimizda milliy immunizatsiya tizimini mustahkamlash va sog‘liqni saqlash sohasini yanada rivojlantirish maqsadida 2150 ta zamonaviy komp'yuter jamlanmalari topshirildi.
Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Sog‘liqni saqlash vaziri B.Musayev, YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari M.Mamedzade, vazirlik mas'ullari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Taqdim etilgan ushbu kompyuter vositalarining umumiy qiymati 1,5 million AQSh dollarini tashkil qiladi. Mazkur mablag‘ Vaksinalar va immunizatsiya bo‘yicha global alyansi (GAVI) tomonidan sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish doirasida ajratildi.
Ushbu zamonaviy kompyuter vositalari mamlakatimizda samarali vaksina va immunizatsiya boshqaruvini mustahkamlash, birlamchi tibbiyot muassasalarida sog‘liqni saqlash tizimini boshqarishning funksional axborot tizimini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ta'kidlash lozimki, mazkur jihozlar yurtimizdagi mavjud barcha emlash punktlari va birlamchi tibbiyot muassasalariga yetkazib beriladi.Bugun ushbu hamkorlik doirasida Sog‘liqni saqlash vazirligiga mamlakatimizda milliy immunizatsiya tizimini mustahkamlash va sog‘liqni saqlash sohasini yanada rivojlantirish maqsadida 2150 ta zamonaviy kompyuter jamlanmalari topshirildi.
Manba: «Yangi O"zbekiston»