O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Stokgol'm+50: Butunjahon farovonligi uchun sog‘lom sayyora – bu bizning mas'uliyatimiz va imkoniyatimiz” xalqaro yig‘ilishida ishtirok etildi

2022-06-06 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Stokgol'm shahrida (Shvetsiya) bo‘lib o‘tgan “Stokgol'm+50: butunjahon farovonligi uchun sog‘lom sayyora – bu bizning mas'uliyatimiz va imkoniyatimiz” Xalqaro uchrashuvida ishtirok etdi.

Stokgol'mdagi uchrashuvda 137 mamlakatdan delegatsiyalar, shu jumladan 6 davlat rahbarlari, 3 hukumat rahbarlari, 128 davlatdan vazirlar va vazir o‘rinbosarlari, shuningdek, 30 dan ortiq xalqaro tashkilotlar, BMT tarkibiy bo‘linmalari va ko‘p tomonlama ekologik konvensiyalar rahbarlari qatnashdi.
 
O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari mamlakatning atrof-muhitni muhofaza qilish, biologik xilma-xillikni saqlash, qattiq chiqindilarni boshqarish, ekologik muvozanat va Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish borasidagi asosiy yutuqlariga e'tibor qaratdilar. Xususan, “Raqamli davrda barqaror rivojlanish bo‘yicha Qo‘shma harakatlar rejasi” mavzusidagi alohida sessiyada O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari B.Abidov nutq so‘zlab, O‘zbekistonda boshqa tadbirlar bilan bir qatorda, Orolbo‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik Trast jamg‘armasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va mintaqada ekologik innovasiyalar va texnologiyalar zonasini yaratish hisobiga Orol dengizining qurishi bilan bog‘liq ekologik oqibatlarini yumshatishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida batafsil ma'lumot berdi.
 
Shuningdek, Stokgol'm forumi doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Birlashgan millatlar tashkilotining atrof-muhit bo‘yicha dasturi rahbariyati, Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlash bo‘yicha Konvensiya kotibiyati (YoHKTSK), Tabiatni muhofaza qilish xalqaro Ittifoqi (TMXI), YeOK atrof-muhit bo‘yicha Boshqarmasi, Global ekologiya jamg‘armasi (GEJ), Shvetsiya atrof-muhit agentligi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining atrof-muhit bo‘yicha direksiyasi (IHTT), Shvetsiya chiqindilarni boshqarish assotsiatsiyasi, Shvetsiya atrof-muhit instituti, shuningdek, turli mamlakatlar delegatsiyalarining bir qator vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi hamda Orolbo‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik Trast jamg‘armasining O‘zbekistondagi faoliyati, shu jumladan xalqaro yordamni jalb etgan holda mintaqada ekologik innovasiyalar va texnologiyalar zonasini yaratish borasidagi sa'y-harakatlari yuzasidan taqdimotlar o‘tkazdi.
 
Bir qator hamkorlar 2022-yilda Nukusda bo‘lib o‘tadigan yuqori darajadagi Birinchi Orolbo‘yi xalqaro forumida ishtirok etishga, shuningdek, mintaqada barqaror rivojlanishni ta'minlashga qaratilgan raqamli transformasiya va innovasion texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda hamkorlikni ko‘rib chiqishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться