O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Buxoroda Turkiy davlatlarning yoshlari jam bo‘ldi
2022-06-03 | Yoshlar
Buxoroda o‘tkazilayotgan Turkiy davlatlar tashkilotining IV Yosh liderlar forumi qatnashchilari uchun seminar-trening o‘tkazildi. Ishtirokchilar tadbirkorlik – Talks va Media, san’at, madaniyat va sport hamda fan va ta’lim yo‘nalishlarida o‘zaro fikr almashdi.
– Yosh liderlar deganda avvalo, kelajakda mamlakatning turli sohalardagi boshqaruv tizimlariga kirishadigan insonlarni tasavvur qilaman, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari, Respublika "Kamalak" bolalar tashkiloti raisi Madina Barotova. – Bugun ularni bitta platformada jamlanishi, avvalo, o‘zaro do‘stlik aloqalarini mustahkamlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2022 yilni Turkiy dunyoda “Yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilish tashabbusi ilgari surildi. Bu tashabbus barcha qardoshlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Bugun ko‘hna va boqiy Buxoroda turkiy davlatlarning yoshlari jamlangan. Buxoro juda go‘zal va maftunkor ekan.
Zarif Komilov,
Tohirjon Istatov (surat),
Manba: O'zA