O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlarining tor doiradagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi

2022-06-02 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon tor doirada uchrashuv o‘tkazdilar.

Davlat rahbarlari birodar xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalariga asoslangan o‘zaro manfaatli O‘zbekiston-Tojikiston hamkorligini yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Muzokaralarda asosiy e’tibor ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy, transport-logistika, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikning kun tartibini tubdan kengaytirish masalalariga qaratildi.

Keyingi olti yilda hamkorlikning barcha yo‘nalishlarda yutuqlarga erishildi. Oliy darajadagi muzokalarda erishilgan kelishuvlar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari, hududlari o‘rtasida muntazam almashinuvlar yo‘lga qo‘yilgan.

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon ko‘p qirrali O‘zbekiston-Tojikiston strategik sherikligini yanada rivojlantirish yo‘lidan qat’iy borishlarini tasdiqladilar. 

Davlat rahbarlari savdoni faol kengaytirish va sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish, ikki mamlakatning logistika va tranzit imkoniyatlarini rivojlantirish hamda suv energetikasi loyihalarini amalga oshirish orqali munosabatlarni yangi amaliy mazmun bilan boyitishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Mintaqaviy va xalqaro kun tartibi yuzasidan fikr almashildi, Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga tomonlarning intilishi qat’iy ekani ta’kidlandi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться