O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkentda xizmat ko‘rsatish — yangi bosqichga ko‘tarilish

2022-05-27 | Texnologiyalar

26-may kuni Toshkent shahar hokimligida poytaxtimizda xizmat ko‘rsatish sohasining rivojlanishiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Globallashuv jarayonlari va IT rivojlanishi revolyusion iqtisodiy siljishlarga olib keldi va fikrlash paradigmasini industrialdan postindustrialga o‘zgartirdi. Zamonaviy dunyoda ishlab chiqarishning nisbiy ahamiyati xizmat ko‘rsatish sohasi foydasiga pasayib bormoqda. Bilim va axborot esa raqobatbardoshlilikning asosiy omillariga aylanmoqda. O‘zbekiston Prezidenti va hukumatining qator qarorlari ham xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishiga qaratilgan.
 
Toshkent — yirik megapolis — umumjahon tendensiyaga asosan qonunchilik hujjatlarini hisobga olgan holda, xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishni maqsad qilgan. Buni savodli va tizimli, ishlab chiqilgan bazaga asoslangan holda amalga oshirish uchun Toshkent shahar hokimligi AVDO Consulting Group (London, Buyuk Britaniya) xalqaro konsalting agentligiga buyurtma berib, xizmat ko‘rsatish sohasining turli tarmoqlarini o‘rganish orqali rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlashni maqsad qildi. Tadqiqotlar rahbari Dmitriy Avdosev (AVDO Consulting LTD) matbuot anjumani ishtirokchilarini amalga oshirilgan ishlar bilan tanishtirdi.
 
Tadqiqot joriy yilning yanvar'-mart oylarida o‘tkazilib, sohaning 2017-2020 yillardagi statistik ma'lumotlariga asoslandi. Xizmat ko‘rsatish sohasining alohida tarmoqlarida o‘sish sur'atlari, ularning tushum va aholi bandligi tuzilmasidagi taqsimoti London va Moskva bilan taqqoslangan holda tahlil qilindi. Bu poytaxt shaharlar global (London) va mintaqaviy (Moskva) darajada yetakchi o‘rinlarni egallashi sababli tanlandi. Tadqiqot jarayonida xizmat ko‘rsatish sohasining alohida tarmoqlarini rivojlantirish omillari bilan bir qatorda, bevosita Toshkentda ularning o‘sish drayverlari aniqlandi.
 
Toshkent shahrida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishning quyidagi asosiy yo‘nalishlari aniqlandi:
 
• Moliya
• Axborot texnologiyalari
• Ko‘chmas mulk
• Professional va ilmiy-texnik faoliyat
• Savdo-sotiq
• Maishiy / boshqa turdagi xizmatlar
 
Yo‘nalishlar bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda ulardan har biri uchun jarayonlarga ta'rif berildi. Xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishni rejalashtirishda ularga asoslanish mumkin.
 
Kelgusida Toshkent shahar hokimligi huzurida shaharda xizmat ko‘rsatish sohasini barqaror rivojlantirishga mas'ul bo‘lgan jaomani shakllantirish rejalashtirilgan. Uning vazifasi sohani rivojlantirish maqsadlarini belgilash, strategiyani va uni amalga oshirish yo‘l xaritasini ishlab chiqishdan iborat bo‘ladi.
 
Matbuot anjumanining ishtirokchilari berilgan savollar va bildirgan takliflariga to‘liq hamda batafsil javob oldilar.

Manba: Toshkent shahar hokimligi

Поделиться