O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Korea Expressway Coporation” korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2022-05-25 | Iqtisodiyot

Transport vaziri o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minov Janubiy Koreyaning «Korea Expressway Corporation» («KEC») korporatsiyasi xorijiy loyihalar departamenti direktori o‘rinbosari Kim De Xo bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar joriy yilning 11-15-aprel kunlari Transport vaziri o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Koreya Respublikasiga tashrifi yakunlari bo‘yicha imzolangan Memorandumda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amaliy ijrosini muhokama etishdi.

Xususan, tomonlar transport hamda yo‘l xo‘jaligi sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, grant mablag‘larini jalb qilgan holda istiqbolli loyihalarning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish masalalari yuzasidan fikr almashdi.

Kim De Xo «KEC» korporatsiyasi O‘zbekistonda DXSh asosidagi transport infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etishga katta qiziqish bildirayotganligini ma’lum qildi. Shuningdek, u mazkur yo‘nalishda istiqbolli loyihalarni birgalikda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi mablag‘larini jalb etgan holda amalga oshirishni ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar muhokama etilgan masalalar yuzasidan kelgusi qadamlarni belgilab, ushbu yo‘nalishda hamkorlikni faollashtirishga kelishib oldi.

Manba: O‘zbеkistоn Respublikasi trаnspоrt vazirligi

Поделиться