O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi delegatsiyasining Latviya Respublikasiga amaliy tashrifi boshlandi

2022-05-24 | Jamiyat

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi delegatsiyasi Latviya Respublikasida amaliy tashrif bilan boʼlib turibdi.

Mazkur tashrifning asosiy maqsadi ikki davlat oʼrtasida oʼzaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida oʼzaro tajriba almashish masalalarini muhokama etishdan iboratdir. 

Tashrifning dastlabki kunida delegatsiya aʼzolari hamda Latviya Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish byurosi vakillari oʼrtasida uchrashuv boʼlib oʼtdi.

Maʼlumot uchun: Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish byurosi (KNАB) Latviyada korrupsiyaga qarshi kurashishga masʼul va mustaqil yetakchi organ hisoblanib, korrupsiyaning oldini olish, tekshirish va korrupsiyaga qarshi oʼqitish orqali keng tomonlama faoliyat olib boradi. “Transparency International” xalqaro tashkilotining 2021 yilgi “Korrupsiyani qabul qilish indeksi”da Latviya 36-oʼrinni egallagan.

Uchrashuv davomida tomonlar har ikkala davlatning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, korruptsiyaning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar, ushbu yoʼnalishdagi meʼyoriy hujjatlar, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishda ikki idoraning oʼrni va asosiy faoliyat yoʼnalishlari toʼgʼrisida maʼlumot almashildi. Taʼkidlandiki, korrupsiyaga qarshi kurashishda xorijiy mamlakatlar hamkorligini takomillashtirish hamda sohada olib borilayotgan saʼy-harakatlarni birlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbir yakunida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori oʼrinbosari T.Xaydarov va Latviya Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish byurosi direktori Yekabs Straume tomonidan oʼzaro anglashuv Memorandumini imzolash marosimi oʼtkazildi.

Maʼlumot uchun: Mazkur hujjat ikki davlat oʼrtasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida aloqalarni mustahkamlash, ilgʼor tajriba va maʼlumotlar almashish, kadrlar salohiyati va bilimini oshirish, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan oʼquv mashgʼulotlari, seminar-treninglar tashkil etish kabi yoʼnalishlarda hamkorlik qilishni nazarda tutadi.

Поделиться