O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi N. Oblomuradov Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Miyazaki Suguru boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

2022-05-24 | Ekologiya

Uchrashuvda Davlat ekologiya qo‘mitasi va JICA agentligi o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Yaponiya hukumati moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan SATREPS loyihasi doirasida Orolbo‘yi mintaqasida tadqiqot ishlarini o‘tkazish uchun yapon mutaxassislarini jalb etishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirildi.
 
Yashil iqtisodiyotga o‘tish, maishiy chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish, ekoturizmni rivojlantirish yo‘nalishlarida ilmiy-amaliy hamkorlik o‘rnatish masalalari muhokama qilinib, yapon tomoni mutaxassislarni jalb qilishga tayyorligi ta'kidlandi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Поделиться