O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida yangi fakultet
2022-05-24 | Siyosat
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida yangi "Executive Education" ("Rahbarlar uchun ta'lim") fakultetining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov ishtirok etdi va nutq so’zladi.
Yangi fakultet faoliyatining asosiy yo‘nalishi rahbar hodimlarni zamonaviy boshqaruv va biznes yuritish usullariga o‘rgatish, raqobatbardoshlikni oshirish, jahon savdo va investitsiya faoliyatining zamonaviy tendensiyalari hamda iqtisodiyotning turli sohalarida eng yangi texnologiyalarni joriy etish tajribasi bilan yaqindan tanishtirishdan iboratdir.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi