O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oybek Kasimov ShHT yigʻilishida “Toshkent-2025” Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishtirdi

2022-05-20 | Sport

Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo mamlakat vakillarining jismoniy tarbiya va sport boʻyicha vazirlik hamda idoralari rahbarlari ishtirokidagi yigʻilishi davom etmoqda. Tadbirda ishtirok etayotgan delegatlar kun tartibiga muvofiq oʻz maʼruza va taqdimotlarini yigʻilganlarga havola qilishmoqda. Jumladan, unda soʻz olgan Oʻzbekiston MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov 2025-yil poytaxtimizda oʻtadigan IV yoshlar Osiyo va Paraosiyo oʻyinlariga olib borilayotgan tayyorgarlik boʻyicha maʼlumot berdi.

“2020-yil dekabr oyida Oʻmon Sultonligining Maskat shahrida oʻtgan Osiyo Olimpiya kengashining (OOK) Bosh Assambleyasida Toshkent 2025-yil boʻlib oʻtadigan Osiyo oʻyinlarini qabul qilish huquqini qoʻlga kiritdi. Bu boʻyicha OOKning maxsus komissiyasi Toshkentga tashrif buyurib, poytaxtimizning imkoniyatlarini tahlil qildi. Komissiya Toshkent musobaqani bemalol qabul qilishi mumkinligi haqida oʻz xulosalarini taqdim etganiga qaramay, muhtaram Prezidentimiz mazkur Oʻyinlarni yuqori saviyada oʻtkazish uchun maxsus Olimpiya shaharchasi va yangi sport obyektlarini qurish boʻyicha koʻrsatma berdilar. Siz koʻrib turgan kadrlar “Toshkent-2025” yoshlar Osiyo oʻyinlari uchun barpo etiladigan yangi Olimpiya shaharchasining loyihasidan. 100 gektardan oshiq maydonni qamrab oluvchi ushbu hududda maxsus Olimpiya shaharchasi va bir qator sport turlari uchun yangi obyektlar, mehmonlar uchun yotoqxona va boshqa binolarni uchratish mumkin. Ayni paytda loyihaning smeta hujjatlari tasdiqlanish jarayonida va 2024-yilning soʻnggigacha qurilib, foydalanishga topshirilishi koʻzda tutilgan”, – dedi MOQ Bosh kotibi.

Oybek Kasimov taqdimot davomida yangi quriladigan sport obyektlarining oʻziga xosliklari, qaysi yoʻnalishlarga ixtisoslashgan binolar qurilishi kabi mavzularda batafsil maʼlumot berdi.

Manba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Поделиться