O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari Qo'mitasi vazirlik Maslahat kengashi faoliyatini o'rgandi

2022-05-17 | Jamiyat

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik  masalalari bo'yicha  ishchi guruh Innovatsion rivojlanish vazirligida tashkil etilgan Maslahat kengashi faoliyatini o'rgandi.

2019 -yil 2 -sentyabrda qabul qilingan  «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida» O'zbekiston Respublikasining qonuni xotin-qizlarning jamiyatdagi o'rniga qaratilgan huquqiy himoya, huquqiy kafolat sifatida ma'qullandi.

Qonunga muvofiq davlat organlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash masalalari bo'yicha Maslahat kengashlarini tuzish belgilangan.

Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo'yicha Respublika komissiyasining yig'ilish bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida davlat organlarida tashkil etilgan Maslahat kengashlari faoliyatini o'rganib chiqish hamda ularning faoliyat samaradorligini oshirish bo'yicha zarur choralarni belgilash maqsadida Ishchi guruhlar shakllantirildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться