O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkent davlat agrar uiversitetida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportiga oid muammo va yechimlar muhokamasi
2022-05-11 | Iqtisodiyot
TDAUda O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ko‘magida “Agrar soha eksport salohiyatini oshirish, fermer xoʻjaliklarida yetishtirilgan mahsulotlarni Yevropa Ittifoqi bozoriga eksport qilishga qoʻyiladigan standart talablar: muammo va yechimlar” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazilmoqda.
Unda olimlar, xalqaro ekspertlar, professor-oʻqituvchilar, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, talaba va magistrantlar, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi va eksport qilayotgan klaster va fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirok etishmoqda.
Anjumanda agrar fan nazariyasi va amaliyotidagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari toʻgʻrisida erkin fikr almashilmoqda. FAO, vazirlik huzuridagi ITI hamda boshqa tegishli tashkilotlar ekspertlari tomonidan qishloq xoʻjaligi sohasidagi innovatsion, fundamental va amaliy tadqiqotlar, xalqaro standartlarni joriy qilishning soʻngi natijalari haqida ma’lumot berilmoqda. Sohadagi xalqaro yutuqlar hamda muammolar tahlil qilinib, tadbir ishtirokchilari oʻrtasida ilmiy hamkorlik aloqalarini bogʻlash imkoniyatini yaratish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi