O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Butun dunyo folklor jamoalarini o‘zida birlashtirgan “Boysun bahori” xalqaro festivali tadbirlari bo‘lib o‘tdi

2022-05-10 | Madaniyat

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan so‘nggi yillarda ildizi uzoq o‘tmishga borib taqaladigan boy nomoddiy madaniy merosimizni yana-da chuqur o‘rganib, ilmiy negizlarini yoshlarimizga o‘rgatishga, ularni asl holida saqlab, kelgusi avlodlarga bezavol yetkazishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Mustaqillikning ilk yillaridan mamlakatimizda nomoddiy madaniy merosga bo‘lgan munosabatni qo‘llab–quvvatlab, YUNESKO 2008-yil Boysun tumanini, 2021-yil baxshichilik sanʼatimizni Insoniyat nomoddiy-madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritgan.

O‘tmishdan baxshilar yurti sifatida shuhrat topgan Surxondaryoda o‘tkazilayotgan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga 2002 yil asos solinib, ilk “Boysun bahori” ochiq folklor festivali o‘tkazilgan. Unda mamlakatimizdagi folklor jamaolari o‘zlarining alohida dasturlari bilan ishtirok etgan. 2004 yilda to‘xtab qolgan ochiq osmon ostidagi nafis sanʼat bayrami 2017 yil qayta tiklandi.  

Joriy yilda esa unga xalqaro maqom berib, har yili emas, ikki yilda bir marta o‘tkazilishini belgilandi. Endilikda “Boysun bahori” dunyo xalqlarini qadimiy go‘shada yagona ezgu maqsad yo‘lida birlashtiradigan so‘lim bahor bayramiga aylandi.

7-may kuni Surxondaryo viloyatining Boysun tumani Padang kengliklarida bo‘lib o‘tayotgan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri o‘rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov va bir qator rasmiylar ishtirok etdi.

Shuningdek, Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Surxondaryo viloyati hokimligi hamkorligida o‘tkazilayotgan festivalda 30 dan ortiq xorijiy mamlakatlarning yurtimizdagi 150 nafardan ortiq rasmiylari qatnashdi.Festival ochilishida butun respublikamizning har bir hududidan hamda xorijdan kelgan folklor jamoalari o‘z chiqishlari bilan ishtirok etdi.

E’tiborlisi, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining bir guruh aʼzolari ham festivalda o‘z ijod namunalari bilan qatnashishni boshladi. Uyushmasi aʼzolari - rangtasvirchi rassomlar tomonidan Boysun tabiati va diqqatga sazovor maskanlar rangtasviri yaratiladi. Ushbu asarlar kelgusida ko‘rgazma uchun muzeylarga beg‘araz taqdim etiladi.

Festivalning bugungi kunida folklor jamoalari o‘rtasida ular tayyorlab kelgan dasturlar bo‘yicha o‘ziga xos musobaqa bo‘lib o‘tayapti. Ushbu musobaqa yakuniga ko‘ra folklor jamoalari tashkilotchilar tomonidan taqdirlanishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, festival qatnashchilari bugun o‘zbek milliy kurashi va uloq ko‘pkari bo‘yicha o‘tkazilayotgan musobaqalarni ham bevosita kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lishgan.

Eslatib o‘tamiz, 6-may sanasida boshlangan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali 12-mayga qadar davom etadi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться