O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Termizda X asrga oid Saljuqiylarning tilla tangalari topildi

2022-05-10 | Madaniyat

Termiz tumani Doʻstlik mahallasida yashovchi Ulkan Eraliyev bogʻni sugʻorish chogʻida yerdan sariq metall parchasini topib, Termiz arxeologiya muzeyiga murojaat qildi.

Muzey va viloyat madaniy meros boshqarmasi xodimlaridan iborat guruh topilma aniqlangan joyga borib, qazilma maydonini dastlabki ish jarayonini olib bordi. Qoraxoniylar va Saljuqiylar davriga oid kulolchilik buyumlari parchalari topilgan.

Ulkan Eraliyev qimmatbaho topilmani belgilangan tartibda Termiz arxeologiya muzeyiga topshirdi, shundan soʻng unga amaldagi qoidalarda belgilangan haq toʻlab berildi.

Muzey direktori boshchiligidagi muzey mutaxassislari va numizmatlari tomonidan qimmatbaho topilma dastlabki ekspertizadan oʻtkazildi.

«Oltin dinorning old tomonida muzey numizmati doktoranti Mansur Normoʻminov “Alloh” va “Muhammad” soʻzlarini, shuningdek, arab alifbosining ayrim harflarini oʻqishga muvaffaq boʻldi. Tanganing orqa tomonidagi matn deyarli oʻchib ketgan. Shikastlangan, lekin yaxshi saqlanib qolgan tanga – oltin dinorning ogʻirligi 1,92 grammni tashkil qilgan. Maʼlumki, musulmon mamlakatlarida tilla tangalar “dinor”, kumush tangalar “dirham” deb atalar edi, — deydi Madaniy meros agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Tursunali Kuziyev.

Termiz oʻzining strategik joylashuvi tufayli imperiyalar oʻrtasida tez-tez tortishuvlar va urushlar obyektiga aylangan. 10-asrning 2-yarmida shahar qoraxoniylar va gʻaznaviylar oʻrtasidagi qonli toʻqnashuvlar joyiga aylandi. Bu hukmdorlar bir-birlari bilan boʻlgan urushda allaqachon qattiq holdan toyganidan foydalangan saljuqiy shahzodalar Toʻgʻrulbek va Chagʻrilbek Termiz va uning atrofini egallab oladilar.

Bu yil Termiz arxeologiya muzeyi ochilganiga 20 yil toʻladi. 20 yil davomida bu muzeyda birorta ham tilla tanga boʻlmagan. 

Manba: «Xalq So'zi»

Поделиться