O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2-bosqichi Toshkent shahrida qanday oʻtmoqda?

2022-05-07 | Sport

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-apreldagi “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 201-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida 2-bosqich musobaqalari boshlandi.

Ikkinchi bosqichda Toshkent shahrining bir qator tumanlarida sport turlari boʻyicha musobaqalarda yoshlar faol ishtirok etishmoqda.

Jumladan, Mirobod tumanida 1-sektor mahallalari terma jamoalari oʻrtasida 175-sonli umumta'lim maktabi hududida va 2-sektor yoshlari oʻrtasida 94-sonli umumtaʼlim maktabida voleybol boʻyicha musobaqalar boʻlib oʻtdi. 

Shuningdek, Uchtepa tumanidagi “Nurobod” MFY hududida joylashgan 194-sonli umumta'lim maktabining sport zalida 16ta mahalla yoshlari voleybol boʻyicha oʻzaro bahs olib borishdi.

Bugungi kunda musobaqalar qizgʻin pallaga kirib bormoqda. Musobaqalar yakunida gʻolib chiqqan jamoalar keyingi bosqichga yoʻl olishadi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться