O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Harbiy xizmatchilar umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etmoqda
2022-04-30 | Ekologiya
“Hashar – elga yarashar” degan maqol bejiz aytilmagan. Hasharda xalqimizga xos bagʻrikenglik, oʻzaro hamjihatlik, oʻzlari istiqomat qiladigan turar joylarini obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik va hamjihatlik bilan amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi asosida 30-aprel kuni “Mahalla obodligi — yurt farovonligi” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilishi belgilangan edi. Shu munosabat bilan Mudofaa vazirligiga qarashli barcha harbiy qism va muassasalarning harbiy xizmatchilari ushbu ezgu ishga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi