O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zAda birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undovchi hashar ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda
2022-04-30 | Ekologiya
Tozalik va obodlik ko‘ngildan boshlanadi. Poklik insonning qon-qoniga singib ketgan ezgu amaldir.
Mamlakatimizda muqaddas Hayit bayramini, yuqori saviyada, o‘zgacha tayyorgarlik bilan qarshilash, o‘zaro hamjihatlik, yurtga muhabbat kabi ezgu fazilatlarini mujassam etgan hashar tadbirlari tashkil etish an’anaga aylangan.
Tong sahardan mamlakatimiz bo‘ylab "Mahalla obodligi – yurt farovonligi" shiori ostida mahallalar hududi, ko‘cha va xiyobonlar, tashkilot, korxona va muassasalar, ko‘p qavatli uy-joylar atrofida boshlangan obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘tarinki ruhda olib borilmoqda.
Erta tongdan boshlangan xayriya hasharida O‘zbekiston Milliy axborot agentligining barcha xodimlari faol qatnashmoqda. O‘zlari mehnat qilayotgan hudud atrofi obodonlashtirilib, ariq va ko‘chalar tozalanmoqda. Atrofga rang-barang gul ko‘chatlari ekilmoqda. Hasharga xodimlar o‘z hissalarini qo‘shayotganidan mamnun.
Agentlik xodimlari Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan tashkil etilgan hasharda qatnashayotgan tadbir bahoriy kayfiyatida davom etmoqda. Mazkur tadbir ishchi xodimlar orasida ko‘tarinki kayfiyat bilan o‘tayotganini alohida ta’kidlash joiz. Zero, hashar hamjihatlik, obodlik va yaratuvchanlik ramzi sifatida shakllangan mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Manba: O'zA