O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Chavandozlarimiz “Millatlar kubogi-2022” bosqichida birinchi bo‘lishdi

2022-04-25 | Sport

“UNIVERSAL JUMPING AGRO” ot sporti klubida Jahon kubogi bosqichi doirasidan o‘rin olgan Yevroosiyo ligasi va "Millatlar kubogi" bosqichining navbatdagi bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Musobaqalar Xalqaro ot sporti federatsiyasi va Yevroosiyo ot sport assotsiatsiyasi shafeligida o‘tkazildi. Turnirda Gollandiya, Finlyandiya, Germaniya, Armaniston, Ozarbayjon, AQSh, Polsha, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi mamlakatlardan mohir chavandozlar qatnashishdi.

Shuningdek, chavandozlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi, mamlakat yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi kubogi uchun ham g‘oliblik yo‘lida musobaqada ishtirok etishdi.

O‘zbekistonlik chavandozlar balandligi 145 smni tashkil etgan "Millatlar kubogi" bosqichida g‘alaba qozonishdi.

“Maxima Masters Cup EVROASIA-2022”, 140 sm to‘siq balandligi:

1. Rinat Galimov, “Koko Pala” laqabli otda (Qirg‘iziston)

2. Nurjan Tuyakbayev, “Lanselotta” (O‘zbekiston)

3. Xurshidbek Alimjonov, “Kordon Bleu” (O‘zbekiston)

CSIO1*-W GRAD PRIX, 150 sm to‘siq balandligi:

1. Nurjan Tuyakbayev, “Lanselotta” (O‘zbekiston)

2. Saidamirxon Turg‘unboyev, “Kalleko” (O‘zbekiston)

3. Xurshidbek Alimjonov, “Kordon Bleu” (O‘zbekiston)

3-yo‘nalish, 120 sm:

1. Rinat Galimov, “Turon” (Qirg‘iziston)

2. A’zam Tolibboyev, “Kontendro” (O‘zbekiston)

3. Gegi Metonidze, “Alonso” (Gruziya)

4-yo‘nalish, 130 sm:

1. Komil Sobitov, “Kuli” (Qirg‘iziston)

2. Rinat Galimov, “Turon” (Qirg‘iziston)

3. Andrey Tripitsin, “Florizel” (Qirg‘iziston)

HEFU PRESIDENT CUP 2022, 130 sm:

1. Rinat Galimov, “Turon” (Qirg‘iziston)

2. Oqil Sobirjonov, “Affir” (O‘zbekiston)

3. Dilmurod Abdurahmonov, “Kollibri” (O‘zbekiston)

CSIO1*-W “Millatlar kubogi”, 145 sm:

1. O‘zbekiston (Bekzod Qurbonov, Saidamirxon Turg‘unboyev, Nurjon Tuyakbayev, Xurshidbek Alimjonov)

2. Qirg‘iziston (Andrey Tripitsin, Rinat Galimov, Komil Sobitov)

3. Qozog‘iston (Yasmin Ibragimova, Shingiz Malikajar, Ayan Gani, Nurilla Turisbekova)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi, 130 sm:

1. Nurjan Tuyakbayev, “Lanselotta” (O‘zbekiston)

2. A’zam Tolibboyev, “Bozart De Ruet” (O‘zbekiston)

3. Bekzod Qurbonov, “Kalimera” (O‘zbekiston)

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться