O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Neft-kimyo O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi iqtisodiy sheriklikni rivojlantirish omili sifatida

2022-04-20 | Iqtisodiyot

Ar - Riyod shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov Saudiya Arabistonining SABIC neft-kimyo korporatsiyasining shtab-kvartirasiga tashrif buyurib, uning bosh ijrochi direktori Yusef Abdulloh al-Ben'yan bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida korporatsiya rahbariyati kompaniyaning faoliyati, uglevodorod xom ashyosini qayta ishlash, polimer mahsulotlari, kimyoviy moddalar, o‘g‘itlar va turli konstruksiyalarni barpo etish uchun materiallar ishlab chiqarish sohasida erishgan yutuqlari, shuningdek, turli yo‘nalishlarda o‘zining innovasion ishlanmalarini joriy qilish hamda kompaniyani o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda yanada rivojlantirish rejalari to‘g‘risida taqdimot o‘tkazdi.
 
Ma'lumot uchun: SABIC Industrial Corporation (Saudi Arabia Basic Industries Corporation) 1976-yilda Saudiya Arabistonida tashkil topgan. SABIC bu oraliq mahsulotlar va polimerlar, o‘g‘itlar, faol kimyoviy moddalar va metallarni ishlab chiqaradigan ko‘p tarmoqli konserndir. SABIC guruhi polietilen ishlab chiqaruvi bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda, poliolefinlar ishlab chiqaruvi bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda va polipropilen ishlab chiqaruvi bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda. Korporatsiya, shuningdek, dunyodagi eng yirik metil-tret-butil efir, polikarbonat, polifenilen va poliefir imid ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.
 
Muloqot chog‘ida kompaniya strategiyasi yuqori texnologiyali va xaridorgir mahsulotlar yaratish maqsadida xom ashyo va tabiiy resurslarni chuqur qayta ishlashga qaratilgan O‘zbekiston davlat sanoat siyosatiga mos keladigan yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishga asoslangani ta'kidlandi.
 
Tomonlar O‘zbekistonda MTO (metanoldan olefinlarga) va MTR (metanoldan propilenga) texnologiyalaridan foydalangan holda investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish, shuningdek kimyoviy o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi yangi sanoat quvvatlarini yaratish loyihalarini nazarda tutgan holda amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
 
Uchrashuv yakunida hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari va o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish borasida navbatdagi tadbirlar belgilandi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться