O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Koreya Respublikasi bilan transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ahdlashuv memorandumi imzolandi

2022-04-19 | Iqtisodiyot

Koreya Respublikasi bilan transport, logistika va raqamlashtirish sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Transport vaziri o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minov boshchiligidagi ishchi guruh joriy yilning 11-14 aprel kunlari Koreya Respublikasida xizmat safarida bo‘lib qaytdi.

Mazkur tashrif davomida Koreya Respublikasi Yer, transport va infratuzilma vaziri o‘rinbosari Yung Song Von, “Korea Expressway Corporation” korporatsiyasi ijrochi boshqaruv direktori Chan-bong Li, Koreya xorijiy infratuzilma va shaharlarni rivojlantirish korporatsiyasi prezidenti Kan Xun Li, Koreya eksport va import banki bosh direktori Chon Gyu Park bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Muzokaralarda transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, mamlakatimiz jamoat transporti tizimini Koreya tajribasini qo‘llagan holda isloh qilish, sohaga intellektual transport tizimlarini joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, istiqbolli investitsiya va grant loyihalariga Koreya moliya institutlari mabalag‘larini jalb qilish imkoniyatlari batafsil muhokama qilindi hamda kelgusidagi aniq rejalar belgilab olindi.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan “Korea Expressway Corporation” korporatsiyasi, Koreya xorijiy infratuzilma va shaharlarni rivojlantirish korporatsiyasi o‘rtasida transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida Ahdlashuv Memorandumlari imzolandi.

Manba: O‘zbеkistоn Respublikasi trаnspоrt vazirligi

Поделиться