O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
O‘zining noyob iste'dodi, ko‘p yillik samarali va betakror ijodi bilan o‘zbek qo‘shiqchilik san'atini va milliy madaniyatimizni rivojlantirish, uning shon-shuhratini dunyo xalqlari o‘rtasida keng targ‘ib etishga qo‘shgan beqiyos hissasi, mustaqilligimizning ma'naviy asoslarini mustahkamlash, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodimizni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, yosh iste'dod egalarining qobiliyatini ro‘yobga chiqarish borasidagi katta xizmatlari, ijtimoiy hayotdagi va jamoat ishlaridagi faol ishtiroki hamda tavalludining 75 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston xalq artisti, «Vatandoshlar» jamoat fondining Vasiylik Kengashi raisi Sherali Jo‘rayev «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev
Manba: «Yangi O"zbekiston»