O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Respublika elita urug‘chilik xo‘jaliklarida Tojikistonning qovoq urug‘lari ekilmoqda

2022-04-12 | Iqtisodiyot

Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, qovoq ekinidan yuqori hosil olish, dala chetlari hamda aholi tomorqalarida qovoq yetishtirish maqsadida qovoqning Tojikiston seleksiyasiga mansub bir nechta nav urug‘liklari O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tomonidan O‘zbekistonga olib kelindi.

Bugungi kunda urug‘lar respublika hududlaridagi elita urug‘chilik xo‘jaliklarida ekilib, turli tuproq-iqlim sharoitlarida sinash hamda ko‘paytirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Namangan viloyatining Mingbuloq elita urug‘chilik xo‘jaligi uchun qovoqning “Lagmani”, “Leninabadskaya”, “Odesskaya”, “Osh kadu”, “Atlas kadu”, “Surx kadu” navlari olib kelindi. Asosiy maqsad urug‘larni ko‘paytirib, kelgusida agroklasterlar, fermerlar hamda tomorqa yer egalariga arzon va sifatli qovoq urug‘larini yetkazib berish. Xuddi shu ishlar Surxondaryo viloyatlari elita urug‘chilik xo‘jaliklarida ham davom etmoqda.

O‘zR Prezidentining 2021-yil 10-11-iyun kunlari Tojikiston Respublikasiga rasmiy tashrifi davomida So‘g‘d viloyatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan tanishish doirasida Tojikiston seleksiyasiga mansub qovoq mahsulotlari urug‘chiligini O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yish topshirig‘i berilgan edi. Natijada O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan Tojikiston Respublikasining Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida urug‘chilik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Поделиться