O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Osiyo suzish federatsiyasi bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi

2022-04-12 | Sport

Shu kunlarda Osiyo suzish federatsiyasi bosh kotibi janob Taha Sulaymon al-Kishri amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.

O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligiga tashrif buyurdi. Uni sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov qabul qildi.

Do‘stona ruhda kechgan muloqot avvalida vazir mehmonga mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasiga berilayotgan eʼtibor, bunda suv sporti turlarini rivojlantirishning o‘rni va ahamiyati, xususan O‘zbekistonda suv sporti turlarini ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirib berdi.

O‘z navbatida Taha Sulaymon al-Kishri Osiyo suzish federatsiyasi O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini bildirib, ikki tomonlama aloqalarni yana-da mustahkamlash taklifini ilgari surdi.

Muloqotda 2025-yili Toshkent shahri mezbonlik qiladigan yoshlar o‘rtasidagi IV yozgi Osiyo o‘yinlari uchun barpo etilayotgan suv sporti inshoatlarini xalqaro talablarga mos qilib qurishda Osiyo suzish federatsiyasi o‘z ekspertlarini taqdim qilishi borasida kelishuvga erishildi.

Bundan tashqari, joriy yilning iyun-iyul oylarida ko‘hna va navqiron Samarqand shahri ochiq havzada suzish bo‘yicha Osiyo Ochiq musobaqasi (Asian Open Water)ga mezbonlik qiladi. O‘zbekiston tomoni ushbu musobaqani yuksak saviyada tashkil etish borasidagi tayyorgarlik ishlari hozirdan boshlab yuborilganligi taʼkidlab o‘tildi.

Shuningdek, mehmonlar suzish bo‘yicha 2022-yilgi Osiyo chempionatini ham O‘zbekistonda o‘tkazish rejalashtirilayotganligini aytib o‘tdi. Musobaqani o‘tkazish joyi va muddati ish jarayonida ko‘rib chiqiladi.

Ikki tomonlama muloqot chog‘ida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda O‘zbekiston suzish federatsiyasi bosh kotibi Alisher G‘aniyevlar ham ishtirok etdi.

Maʼlumot uchun: hozirda Osiyo suzish federatsiyasiga qitʼamizdagi 45ta davlat aʼzo sanaladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться