O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkent viloyatida ilk bor tajriba tariqasida har bir tuman-shaharda bittadan aqlli maktablar faoliyati yo'lga qo'yiladi
2022-04-07 | Ta’lim
Joriy yilda har bir shahar va tumanda bittadan maktabni tajriba sinov tariqasida aqlli maktab loyihasi bo'yicha raqamlashtirish va ota-onalar dars jarayonlarini istalgan vaqtda IP adres orqali onlayn kuzatish imkoniyati yaratilmoqda.
Shuningdek, 2022-yilda ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan bir qator masalalar belgilab olindi. Viloyatdagi 37 ta umumta'lim maktablarida Investitsiya dasturlari doirasida qurilish ta'mirlash ishlari olib boriladi. Mazkur ishlar uchun jami 186,7 milliard so'm mablag' ajratilmoqda. YA'ni, qo'shimcha 6 ming 796 nafar o'quvchi o'rni yaratiladi.
“Obod mahalla" va "Obod qishloq” dasturi doirasida 53, 4 milliard so'm mablag' yo'naltirilib, 17 ta maktab mukammal ta'mirlanadi.
2022-2025 yillarda sport zali mavjud bo'lmagan 187 ta maktablarga sport zali qurish bo'yicha manzilli dastur tasdiqlab, maktablarni to'liq sport zallari bilan ta'minlash yo'lga qo'yiladi.
Manba: Tоshkеnt vilоyati hоkimligi