Bugun Navoiy shahar hokimi M.Bazarov raisligida mahallalardagi hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilarining o‘tgan vaqt davomida amalga oshirgan ishlari hisobotiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
M.Bazarov har bir mahallaning ushbu ikkala yo‘nalishdagi vakili bilan alohida gaplashib, ularning qancha fuqaroga kredit ajratgani, bandligini ta'minlagani, subsidiya asosida o‘zini o‘zi band qilishga ko‘maklashgani, yangi tadbirkorlik sub'ektlari tashkil qilgani, haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etgani kabi masalalar bilan qiziqdi.
Aksariyat hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari o‘zlari faoliyat yuritayotgan mahallasini yetarli darajada o‘rganiib, mavjud muammolarning yechimi bo‘yicha ish olib borayotgan bo‘lsa-da, ba'zilari hali yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lmagani tanqid qilindi.
Mahallalarda hokimlik darajasida yechiladigan muammolar to‘g‘risida ham ma'lumot berilib, hal etish bo‘yicha mas'ullarga topshiriqlar berildi.
Manba: Nаvоiy vilоyati hоkimligi