O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qashqadaryo Qo‘ng‘irot tumanida 150 o‘rinli MTM quradi, yuz nafar bemorda jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi

2022-04-07 | Sog‘liqni saqlash

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga tashrifi davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida bir qator takliflar bildirdi. O‘z navbatida, Qashqadaryo viloyati ham Qo‘ng‘irot tumanida istiqbolli loyihalarni amalga oshirishni maqsad qilgan.

Xususan, 2022-yilda Qo‘ng‘irot tumanida 234 mlrd. so‘mlik 17 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilib, 1 088 ta ish o‘rni yaratiladi.
 
Jumladan, sanoat yo‘nalishida 149,5 mlrd. so‘mlik 7 ta loyiha, xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida 29,5 mlrd. so‘mlik 6 ta loyiha, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida 53 mlrd. so‘mlik 4 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
 
Natijada, hududda 240 mlrd. so‘mlik ishlab chiqarish quvvati yaratiladi, 16,3 mln. dollarlik eksport amalga oshiriladi. Mahalliy byudjetga 15,2 mlrd. so‘m tushum ta’minlanadi.
 
Bundan tashqari, mahallabay ishlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ham amaliy ishlar qilinadi. Tumandagi ijtimoiy kam ta’minlangan xonadonlarni daromad bilan ta’minlash maqsadida kooperatsiya asosida 100 ta xonadonga tarqatish uchun 10 000 dona tovuq hamda 20 ta xonadonga tarqatish uchun inkubator olib kelindi.
 
“Beshkent Agroklaster” MCHJ tomonidan 500 ta aholi xonadonidagi 2500 bosh sog‘in sigirlardan olingan sutni kooperatsiya asosida xarid qilish va qayta ishlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
 
Qurilish, obodonlashtirish ishlariga ham alohida e’tibor beriladi. Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan Qo‘ng‘irot tumani Ravshan ovul fuqarolar yig‘ini Sarancha ovuliga yangi zamonaviy ko‘rinishdagi 150 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasi qurib berilishi rejalashtirildi.
 
Viloyatdan 2 000 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chalari olib kelindi va ekish ishlari davom ettirilmoqda.
 
Qoraqalpog‘iston zaminida qishloq xo‘jaligi yerlarini o‘zlashtirish va melioratsiya masalalari ham muhim. Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan shartnoma asosida “Qo‘ng‘irot Maxsus Suv Pudrat” MCHJdan 2 dona ekskavator ijaraga olindi va 30 tonna dizel yoqilg‘isi hal qilinib, bugungi kunga qadar 12 km kollektor, 4,6 km kanal tozalandi. Hozirgi kunda tozalash ishlari davom ettirilib, 24 tonna dizel yoqilg‘isi zaxira qilindi.
 
“Beshkent Agroklaster” MCHJ tomonidan ozuqabop ekinlar yetishtirish uchun 1000 gektar yer maydonini o‘zlashtirish rejalashtirilgan.
 
Bundan tashqari, tumandagi 100 nafar urologiya sohasidagi bemorlarning holati nazoratga olinib, Qashqadaryo viloyatidagi urologiya markazi mutaxassislari tomonidan bepul tarzda jarrohlik amaliyoti amalga oshiriladi.

Manba: Qashqadaryo viloyati hоkimligi

Поделиться