O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bosh prokuratura 2022-yilga moʻljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi ijrosi nazorati boʻyicha axborot berdi

2022-04-06 | Jamiyat

Xususan, Bosh prokuror oʻrinbosari, adliya katta maslahatchisi E.Yuldashevning maʼlum qilishicha, ushbu dastur ijrosi yuzasidan nazorat tizimini joriy etish boʻyicha quyidagi tadbirlar amalga oshirilgan ishlar:

— Prezidentimizning 2021-yil 10-dekabrdagi 43-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan Bosh prokuror oʻrinbosari rahbarligidagi Respublika shtabi hamda viloyat va tuman-shahar prokurorlari rahbarligida hududiy shtablar faoliyati toʻliq yoʻlga qoʻyildi.

Shtablarning ustuvor vazifalari va ularni amalga oshirish mexanizmlari Prezident Administratsiyasi rahbari hamda Bosh vazir ishtirokida oʻtkazilgan kengaytirilgan yigʻilishda aniq belgilab berildi.

Shtablar tomonidan:

— dasturlar ijrosi uchun masʼullar, shu jumladan, buyurtmachi, loyihachi, ekspert va pudratchilarga asosiy talablar tushuntirildi, qonun buzilishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan 2 ming nafarga yaqin mansabdor rasman ogohlantirildi;

— shtablarga jalb etilgan huquqni muhofaza qilish organlari, vazirlik va idoralarning 5 mingdan ortiq xodimlari Bosh prokuratura Akademiyasining maxsus oʻquv kurslarida oʻqitildi;

— nazoratni toʻgʻri va samarali tashkil qilish uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan uslubiy qoʻllanma, shtab aʼzolarining vazifalarini amalga oshirish mexanizmlari koʻrsatilgan nazorat rejasi tayyorlanib, masʼullarga yetkazildiQoʻllanmada dasturlarga oid qonunchilik hujjatlari, nazorat jarayonidagi asosiy talablarga oid qoidalar va boshqa maʼlumotlar jamlangan;

— prokuratura organlarida joriy etilgan “Byudjet nazorati” elektron dasturini Qurilish va Moliya vazirliklarining tegishli tizimlari bilan integratsiya qilish orqali barcha obyektlar boʻyicha «tuman — viloyat — respublika» darajasida onlayn monitoring yoʻlga qoʻyildiBunda obyektning loyihasini ishlab chiqishdan boshlab, u foydalanishga topshirilgunga qadar boʻlgan barcha jarayonlar shtablar kuzatuvida boʻladi;

— internetda ochilgan maxsus kanal va shtablarda ishga tushirilgan “ochiq telefon” orqali keng jamoatchilik uchun dasturlar ijrosining borishini muhokama qilish imkoni yaratildiBinobarin, har bir fuqaro dastur doirasidagi obyektlar bilan tanishishi va ulardagi kamchiliklar, nuqsonlar haqida fotomateriallarni ilova qilgan holda shtablarga xabar berishi mumkin;

— pudratchi tashkilotlarning reytingini yuritish va tender savdolari oʻtkazishni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari ijrosini oʻrganish natijasida 5 mingdan ortiq pudratchining salohiyati noxolis baholanayotgani, oqibatda ularning reyting koʻrsatkichlari notoʻgʻri shakllangani aniqlandiShtablarning bu kabi tizimli kamchiliklar omillarini bartaraf etishga qaratilgan takliflar asosida Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi qarori bilan 20 dan ortiq baholash mezonlari bekor qilindi, reyting koʻrsatkichlarini 16 ta tashkilotning integratsiyalashgan maʼlumotlar bazalari orqali adolatli shakllantirish tartibi joriy etildi;

— chuqur oʻrganishlar asosida 20 mingdan ziyod tajribali va salohiyatli pudratchi saralab olindi;

— joriy yildan boshlab pudratchini tanlash jarayonida xarid komissiyasining ishtiroki ilk marotaba toʻliq bekor qilindi. Boshqa davlatlar amaliyotida kuzatilmagan bunday tartib inson omilini mutlaqo istisno etadiEndilikda davlat obyektlarini quradigan pudratchilar “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi platforma orqali elektron tarzda aniqlanadi.

— joriy yilgi dastur doirasida byudjetdan ajratiladigan 23,7 trln. soʻm mablagʻning maqsadli sarflanishi va ishlarning sifatli bajarilishi yuzasidan nazorat oʻrnatildimanzilli roʻyxati aniq boʻlgan 1728 ta loyihaning har biri monitoringga olindi;

— dasturdagi oldingi yillardan oʻtgan 453 ta obyekt joyiga chiqqan holda birma-bir oʻrganilib, ulardagi ishlarni yakunlash yuzasidan tarmoq jadvallari tasdiqlandiularning har biriga kuzatuv kameralari oʻrnatildi va prokuratura xodimlari biriktirildi;

— joriy yilda yangidan boshlanuvchi 1111 ta obyektning loyiha-smeta hujjatlari ham ishlab chiqildiularning 999 tasi davlat va 669 tasi kompleks ekspertizadan oʻtkazildi, 813 tasi tender savdolariga qoʻyildi;

— dastur ijrosi boʻyicha mutasaddilar faoliyatini samarali muvofiqlashtirib borish maqsadida Respublika shtabi rahbari boshchiligidagi guruh har bir hududda haqiqiy holatni oʻrganmoqda.

Hozirga qadar Toshkent, Sirdaryo, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Andijon, Fargʻona va Namangan viloyatlarida oʻtkazilgan oʻrganishlarda aniqlangan muammolarni hal etish, jumladan, obyektlarda sifatli mahalliy qurilish materiallarini ishlatish, loyihalarni optimallashtirish hamda yangi texnologiyalardan foydalanish choralari koʻrildi.

Joylardagi vaziyat viloyat hokimlari va bevosita ijrochilar ishtirokida muhokama qilinib, vazifasini lozim darajada bajarmagan 60 nafardan ortiq masʼullar intizomiy javobgarlikka tortildi.

Oʻz navbatida, Respublika shtabi tashabbusi bilan hududlarda haftaning bir kuni “Qurilish kuni” sifatida belgilanib, viloyat hokimlari obyektlar kesimida ishlarning borishini muhokama etmoqda, kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha shtablar hamkorligida tezkor choralar koʻrilmoqda.

Dasturlar ijrosi yuzasidan nazorat samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.

Manba: «Xalq So'zi»

Поделиться