O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Poytaxtimizda dzyudo boʼyicha anʼanaviy xalqaro turnir boshlanmoqda
2022-04-05 | Sport
Bugun Toshkentda dzyudo boʼyicha xalqaro musobaqa start oladi. “Universal” sport majmuasi toʼrt kun davomida Uchqun Murodov xotirasiga bagʼishlangan anʼanaviy xalqaro turnirga mezbonlik qiladi.
5-8-aprel kunlari oʼtkaziladigan oʼsmirlar va yoshlar oʼrtasidagi ushbu Osiyo Ochiq Kubogida yurtimiz dzyudochilaridan tashqari Ozarbayjon, Gruziya, Tojikiston, Qirgʼiziston va Qozogʼiston davlatlaridan kelgan jami 500 nafarga yaqin isteʼdod egalari tatamiga chiqadi.
Bugun musobaqaning birinchi kuni qizlar -40, -44, -48, -52, -57, yigitlar esa -50, -55 va -60 kg vazn toifalarida gʼoliblik uchun kurash olib borishadi. Har kuni saralash bellashuvlari soat 10:00, medallar uchun kechadigan final bahslari esa 17:00da boshlanadi.
Manba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi