O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining XMT delegatsiyasi bilan uchrashuvi

2022-03-31 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 29-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri Timur Ishmetovning Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) bosh direktori o‘rinbosari Janob Heinz Koller boshchiligidagi XMT delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda XMTning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari byurosi direktori Olga Kulayeva, ijtimoiy himoya bo‘yicha mutaxassisi Yasmina Papa xonimlar, va XMTning milliy vakillari Azizxon Xanxodjayev va Nilufarxon Kamalova ishtirok ettilar.

Vazirlik vakillari XMTga 2020-2022 yillar davomida "Aholini ijtimoiy himoya qilish milliy strategiyasi" loyihasini ishlab chiqishda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, so‘nggi 5 yil davomida ijtimoiy himoya tizimida muhim islohotlar amalga oshirilganligi belgilandi. Jumladan, "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ni joriy etilganligi hamda oilaning kam ta’minlaganligni aiqlashda minimal iste’mol xarajatlari miqdorini qo’llash tartibi qo’llanilayotganligi ta’kidlandi.

O‘z navbatida Heinz Koller hukumatni aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini kuchaytirish va xalqaro ijtimoiy himoya standartlarini ilgari surishda XMT bilan hamkorlik qilish borasidagi harakatlari uchun minnatdorlik bildirdi. Uning ta’kidlashicha, ijtimoiy ta’minot choralari barqaror iqtisodiy o‘sish va aholining munosib turmush darajasini ta'minlashda muhim vosita hisoblanadi.

Delegatsiya rahbari O'zbekistonning ushbu sohadagi sa'y-harakatlari tufayli respublikamiz XMT va Xalqaro Valyuta Jamg‘armasining ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlashga oid hamkiorlik dasturi doirasida tanlab olingan to'rt mamlakatlardan biriga aylanganligini ma’lum qildi. Bundan tashqari, XMTning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi XMTning “2030 yilgacha barcha uchun ijtimoiy himoyaning bazaviy kafolatlarini yaratish”ga oid dunyo miqyosidagi flagman dasturida ishtirok etish taklifini olganini maʼlum qildi.

Tomonlar o'zaro hamkorlikning keyingi yo'nalishlarini, jumladan, islohotlarni moliyalashtirish, ijtimoiy sug'urtalashni rivojlantirish va tegishli normativ hujjatlarni ishlab chiqish, XMTning 1952 yildagi “Ijtimoiy ta’minotning minimal standartlari to‘g‘risida”gi 102-sonli Konvensiyasiga muvofiq milliy qonunchilikni tahlil qilish masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida hamkorlikni davom ettirish bo'yicha kelishuvlarga erishildi. Ijtimoiy himoya tizimini institutsional va funktsional rivojlanish nuqtai nazaridan baholash, moliya vazirligi mutaxassislarining kasbiy salohiyatini mustahkamlash va aholini ijtimoiy ta'minot bazaviy kafolatlari to'g'risida xabardor qilish kabi sohalarda hamkorlikni kengaytirish taklif etildi.

 

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться