O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Davlat ekologiya qo‘mitasi “MEGAWATT CIS” MChJ o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

2022-03-29 | Iqtisodiyot

Mamlakatimizda har yili atmosfera havosiga 2,3 mln tonnaga yaqin zararli chiqindilar tashlanadi. Shuning 60 foiziga yaqini avtotransport vositalaridan ajralayotgan zararli chiqindilardir.

Atmosfera havosiga benzin yoqilg‘isida harakatlanadigan avtotransport vositalari 78%, propan, butan gazida harakatlanadigan avtotransport vositalari 57 %, metan gazida harakatlanadigan avtotransport vositalari 27%, elektromobillarda esa 0% zararli CO2 gazini atmosfera havosiga ajratadi. 
 
     Davlat ekologiya qo‘mitasi N.Oblomuradov ta'kidlaganidek, bugun xorijiy mamlakatlarda sinovdan o‘tgan elektromobillardan maqsadli foydalanishimiz uchun  barcha shart-sharoitlar mavjud. 
 
     Yaqinda Davlat ekologiya qo‘mitasi birinchilardan bo‘lib xizmat mashina parkiga 10 dona  elektromobil' xarid qilindi. Kelajakda ko‘mitaning barcha xizmat mashinalarini elektromobillarga almashtirish va ularni muqobil energiya manbalari hisobidan quvvatlash tizimini joriy qilish rejalashtirilgan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Поделиться