O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Korrupsiya – eng yomon illat
2022-03-29 | Jamiyat
Korrupsiya – mansab mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy huquqiy hodisadir.
Ma'lumki, bu illat har qanday jamiyatning siyosiy va iqtisodiy rivojlanishiga zarar yetkazadi.
Kuni kecha Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi shaxsiy tarkibi ishtirokida “O‘zbekistonda Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati” mavzusida seminar tashkil etildi.
Tadbir doirsida mutaxassislar tomonidan so‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga barham berish maqsadida bir qator qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilinganligi va xorijiy amaliyot normalarining ijobiy jihatlarini o‘zlashtirgan normalar haqida ishtirokchilarga batafsil ma'lumotlar berilib, shaxsiy tarkib o‘rtasida harbiy intizomni mustahkamlash, huquqbuzarlik va qonun buzilishi, shuningdek, korrupsiya xolatlarining oldini olish, harbiy xizmatchi va xizmatchilarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish bo‘yicha ham tushunchalar yetkazildi.
Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Fаvqulоddа vаziyatlаr vаzirligi