O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Baydarka va kanoechilarimiz Osiyo chempionatini 5ta oltin medal bilan boshlashdi

2022-03-24 | Sport

Bugun tunda slalomda eshkak eshuvchilarimiz Tailandda o‘tkazilgan Osiyo chempionatidan 6ta medal bilan qaytishgani haqida xabar bergandik.

Uning ortidan Tailandning Pattbaydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha kattalar o‘rtasida hamda U-23 toifasida qitʼa chempionatiga ham start berildi. Quvonarli jihati, musobaqa vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli boshlandi. Hamyurtlarimiz Osiyo chempionatining ilk kunidayoq jami 11ta medalga sazovor bo‘lishdi, shularning naqd 5tasi oltin medal!

Musobaqada g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarimiz bilan tanishing:

Oltin medal

Gulbahor Fayziyeva,

Akmal Mirzayev,

Kseniya Ivliyeva,

Muhammadali Mirismanov,

Kamoliddin Rahmatullayev, Azimjon Sotboldiyev (juftlik),

 

Kumush medal

Shaxriyor Mahkamov,

Shohruxbek Azamov, Samandar Haydarov (juftlik),

Kamila Malaxova, Yuliya Borzova, Yekaterina Shubina, Arina Tanatmisheva (to‘rtlik),

Shohsanam Sherzodova,

Ibratbek Ergashev, Abdusalom Normirzayev, Akmal Mirzayev, Sergey Slepov (to‘rtlik),

 

Bronza medal

Nurislom To‘xtasin o‘g‘li.

 

Eʼtiborli jihati, Buenos-Ayres-2018 o‘smirlar Olimpiadasi g‘olibasi Gulbahor Fayziyeva kattalar orasida ham o‘zining nimalarga qodir ekanini namoyish etdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться