O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma to‘rtinchi yalpi majlisi ochilishi to‘g‘risida
2022-03-17 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma to‘rtinchi yalpi majlisi 2022-yil 17-mart kuni soat 10:00 da Toshkent shahrida Oliy Majlis Senatining majlislar zalida o‘z ishini boshlaydi.
Yalpi majlis 17 va 19-mart kunlari videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Yalpi majlis "O‘zbekiston" va "UzReport" telekanallari, shuningdek, Senatning www.senat.uz rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoritib boriladi.
Manba: O'zA