O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Shavkat Mirziyoyev Islomobodga keldi
2022-03-03 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-mart kuni davlat tashrifi bilan Pokistonga keldi.
Islomobod shahridagi aeroportda davlatimiz rahbarini Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon kutib oldi.
Oliy darajadagi muzokaralar bugunning o‘zida bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston bilan Pokiston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, savdo, investitsiya, sanoat kooperatsiyasi, transport, logistika, infratuzilma va turizm sohalarida amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Xalqaro va mintaqaviy jarayonlar yuzasidan fikr almashiladi.
Muzokaralar natijasi bo‘yicha qo‘shma deklaratsiya va qator hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Davlatimiz rahbari tashrifning ikkinchi kuni Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Orif Alviy, yetakchi kompaniyalar rahbarlari bilan ham uchrashadi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti