O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ekologik toza va yuqori samaradorlikka ega dizenfeksiya qurilmasi

2022-03-01 | Ekologiya

Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Konstrutorlik byurosi va tajribaviy ishlab chiqarish ilmiy-texnik markazi olimlari tomonidan mobil ozon generatori namunasi ishlab chiqildi.

Qishloq xo‘jalik va meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash, shuningdek, ichimlik suvi va suvli eritmalarni zararsizlantirish va tozalash uchun zamonaviy samarali, ekologik toza texnologiyalarni yaratish butun dunyoda dolzarb muammo hisoblanadi.

Konstrutorlik byurosi va tajribaviy ishlab chiqarish ilmiy-texnik markazi tomonidan ishlab chiqilgan ozonizatorning asosini havo namligiga sezgir boʼlmagan maxsus matritsa elektrodlaridagi toj razryadlari tashkil etadi.

Mavjud ozonizatorlardan farqli oʼlaroq, tavsiya etilayotgan mazkur qurilmadan ogʼir dala sharoitlarida ham foydalanish mumkin.

Ozon generatori xonalarni bakteriyalardan zararlantirish hamda urugʼlarga ekish oldidan ishlov berish (fungitsid oʼrniga) uchun ham qoʼllaniladi. 1 g ozon ishlab chiqish uchun energiya sarfi-40 Vtch. Mobil ozon generatori (bir soatda 10-20 g ozon ishlab chiqaradi) katta hajmli xona va omborlarni, sovutqich va refrijeratorlarga tez ishlov berish imkoniyatini beradi. Ozon texnologiyasi oʼzining ekologik tozaligi va yuqori samaradorligi bilan ajralib turadi.

Ozon generatorlarini qishloq xoʼjaligi tarmoqlariga keng qoʼllash maqsadida mikrobiologlar bilan hamkorlikda issiqxonalar tuprogʼini bakteriyalardan zararlantirish, dorivor, ozuqaviy qoʼshimchalar olish uchun suv oʼtlaridan xlorella va spirulinalarni yetishtirishning samarali biotexnologiyalari ishlab chiqilmoqda.

Manba: O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

Поделиться