O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ilmiy tadqiqotlarni kompyuterda modellashtirish bo’yich seminar-trening

2022-03-01 | Fan

Fanlar akademiyasi U.А. Аrifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan fundamental loyiha doirasida joriy yilda amalga oshirilishi koʼzda tutilgan kompyuterda modellashtirish maktabini shakllantirish maqsadida yetakchi olimlar ishtirokida seminar-trening (workshop) tashkil qilindi.

Mazkur “Innovatsion ilmiy tadqiqotlarda kompyuter eksperimentining istiqbollari” mavzusidagi seminar-treningni oʼtkazishdan asosiy maqsad ilmiy tadqiqotchilarda fizikaviy, kimyoviy va biologik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish orqali tadqiq qilish boʼyicha koʼnikmalarni shakllantirishdan iborat. Bu kabi seminarlar kelajakda tadqiqot institutlari hamda oliy oʼquv yurtlarida dunyodagi ilgʼor ilmiy markazlardagi kabi yuqori darajadagi hisoblash/modellashtirish muhitini yaratish imkonini beradi.

Ushbu seminar-treningda 40 yoshgacha boʼlgan yigirmaga yaqin yosh tadqiqotchilar tinglovchi sifatida ishtirok etmoqda. Tadbirni samarali oʼtkazish uchun mahalliy ekspertlardan tashqari xorijiy ekspertlar ham jalb qilingan. Xususan, ushbu tadbirda Аntverpen universiteti (Belgiya) yuqori samarali superkompyuter klasterlarida tadqiqotlar olib borish va ulardan samarali foydalanish boʼyicha bosh mutaxassis Karel Venken ham asosiy maʼruzachi sifatida ishtirok etmoqda.

Seminar-trening doirasida mahorat darslari ham rejalashtirilgan.

Manba: O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

Поделиться