O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Turkiya Maorif jamg‘armasi rahbari bilan uchrashuv to’g’risida
2022-02-15 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Turkiya "Maorif" jamg’armasi rahbari Birol Akgun bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli O‘zbekiston-Turkiya munosabatlari barcha sohalarda jadal rivojlanayotgani ta’kidlandi.
Ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada faollashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Turkiya delegatsiyasining O‘zbekistonning tegishli vazirlik va idoralarida bo‘lajak uchrashuvlari o‘zaro tajriba almashish va kadrlar tayyorlash, o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha hamkorlikning aniq rejalarini belgilash imkonini berishiga ishonch bildirildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi