O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shavkat Mirziyoyev Samarqand xalqaro aeroportini ko‘zdan kechirdi

2022-02-10 | Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-fevral kuni Samarqand shahriga keldi.

Davlatimiz rahbari Samarqand xalqaro aeroportida yaratilayotgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. 

Ma’lumki, bu «havo darvozasi» qariyb 83 million dollarlik loyiha evaziga yangidan qurilmoqda. O‘tgan yili uchish-qo‘nish yo‘lagi qayta qurilgan edi. Bugungi kunda yangi terminal to‘liq tiklanib, pardozlash ishlari olib borilmoqda. Yo‘l, avtoturargoh va yoritish ustunlari barpo etilmoqda.

Mirzo Ulug‘bekning buyuk merosi Samarqandning timsoliga aylangan. Shu bois yangi aeroport binosi alloma bobomizning «Ziji jadidi Ko‘ragoniy» kitobi shaklida barpo etilgan. Terminalning eni 175, balandligi 25 metr. Bir soatda 800 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega bo‘ladi. 

Aeroportda “ochiq osmon” rejimi qo‘llaniladi, kargo xizmati ham yo‘lga qo‘yiladi. Yangi terminal kelgusi oyda foydalanishga topshiriladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться