2022-yil 24-26-mart kunlari Toshkent shahrida ilk marotaba Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tadi (TXIF)
2022-yil 24-26-mart kunlari Toshkent shahrida ilk marotaba Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tadi (TXIF).
TXIF – bu strategik tashabbuslarni amalga oshirishni muhokama qilish va xalqaro biznes xamjamiyatiga O‘zbekistonning investitsiyaviy imkoniyatlarini namoyish etish uchun yaratilayotgan yangi maydon.
Forum O‘zbekistonning jadal rivojlanayotgan bozoriga integratsiya jarayoniga qiziqish bildirgan yirik xorijiy investitsiyaviy, moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlar va korxonalar rahbar va vakillarini jalb etishga qaratilgan.
Forumda ishtirok etish uchun
www.iift.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi