O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Vazir granti” uchun hikoyalar tanlovining g‘oliblari aniqlandi

2022-02-08 | Yoshlar

2021-yilning 20-dekabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov “Yoshlar forumi-2021”da ishtirok etib, hikoyalar tanlovini eʼlon qilgan edi.

Tanlov doirasida 10 nafar eng yaxshi hikoya muallifi IT-markazlarida o‘qish uchun grant yutib olish imkoniyatiga ega bo‘lishi ma’lum qilingan edi.

Tanlov ishtirokchilari o‘z hayotlari haqida hikoya yozib, aynan nima uchun IT-mutaxassis bo‘lishni xohlashlari va bu ularning hayotlarini qanday yaxshilashini aytib berishlari kerak edi.

Tanlov natijalari bo‘yicha g‘oliblari aniqlandi. Ularga mamlakatimizdagi istalgan IT-markazda IT-mutaxassisliklari bo‘yicha bepul o‘qish uchun sertifikatlar topshirildi. Endilikda kursni muvaffaqiyatli tamomlagan o‘quvchilar noutbuk yutib olishlari va IT-kompaniyalarga ishga joylashishlari mumkin bo‘ladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться