O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sogʻlom turmush, farovon hayot – tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarning salbiy oqibatlari

2022-02-07 | Jamiyat

Toshkent viloyati IIBBda shu va “Xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish” mavzularida navbatdagi maʼrifat soati boʻlib oʻtdi.

Unda, Bosh boshqarma boshligʻining oʻrinbosari polkovnik Dilmurod Xudjaqulov, shaxsiy tarkib va mehmon sifatida siyosiy sharhlovchi Qobilbek Karimbekov ishtirok etdi.

Dastlab, Qobilbek Karimbekov mavzular doirasida fikr mulohazalarini bildirib siyosiy maydondagi axborot va jarayonlardan xodimlarni xabardor qilgan boʻlsa, Bosh boshqarma boshligʻi oʻrinbosari tavakkalchilikka asoslangan (internet) oʻyinlarda qatnashayotganlar orasida tizim xodimlaring boʻlishini oldini olish yuzasidan gapirdi. Shuningdek, uning salbiy oqibatlari, xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash boʻyicha qilinayotgan ishlar toʻgʻrisida soʻz yuritib, mavjud kamchiliklarga toʻxtalib oʻtdi.

Xodimlarning axloqiy-ruhiy holatini nazorat qilish, psixologik xizmat sifatini oshirish yuzasidan fikrlar bildirdi. Tamagirlik, poraxoʻrlik, xizmat vazifasini suiisteʼmol qilish bilan bogʻliq illatlarga yoʻl qoʻymaslik, bunday holatlar yuz berganda qatʼiy choralar haqida ogohlantirdi. Shu bilan birga, xizmatiga sodiq, halol mehnat qilayotgan xodimlarni qoʻshimcha ragʻbatlantirish masalasiga ham eʼtibor qaratdi.

Xodimlarga xizmat vazifalarini vijdonan bajarishga, ogohlikka, xizmat intizomiga qatʼiy rioya qilishga chaqirdi va bu – har bir xodimning qonunan belgilangan majburiyati ekanligini taʼkidladi.

Tadbirda masʼullarga har bir xodim bilan alohida ishlash, oilaviy muhitini oʻrganish, mavjud muammolarini bartaraf etish, bilim va koʻnikmalarini oshirish orqali ular bilan sodir boʻlishi mumkin boʻlgan turli holatlar, jinoyatchilikning oldini olish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati

Manba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi

Поделиться