O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Konfessiyalararo muloqot va diniy bag‘rikenglik – jamiyat barqarorligi garovi

2022-01-31 | Jamiyat

So‘nggi yillarda muhtaram Prezidentimiz tomonidan yurtimizda turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrab-avaylash, fuqarolarga o‘z e'tiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratish, dinlar va millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Quvonarlisi, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni ta'minlash uchun barcha huquqiy asos hamda zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Ushbu yo‘nalishdagi sa'y-harakatlarning amaliy ifodasi o‘laroq, joriy yil 31-yanvar kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzuridagi konfessiyalar ishlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
 
Muloqotni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Dilshod Eshnaev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Yig‘ilishda mamlakatimizda turli din vakillari o‘rtasida hamjihatlik aloqalarini yanada yaxshilash, konfessiya vakillari tomonidan tinchlik va barqarorlikni ta'minlash, aholi o‘rtasida bag‘rikenglik g‘oyalarini mustahkamlash borasida olib borilayotgan amaliy ishlar haqida so‘z yuritildi.
 
So‘zga chiqqan turli konfessiyalar vakillari o‘z faoliyatlarida kuzatilayotgan mavjud muammoli holat va masalalar yuzasidan munosabat bildirib, ularning yechimiga oid takliflarini o‘rtaga tashladilar. Suhbat davomida yangi diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, missionerlik va prozelitizmga yo‘l qo‘ymaslik, jamiyatda radikallashuv va diniy mutaassiblikni oldini olishga qaratilgan masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, kelajakda davlat idoralari va diniy tashkilotlar o‘zaro hamkorlikda yuzaga kelayotgan muammo va masalalarni ijobiy hal etish borasida  kelishib olindi. Tadbir ochiq, konstruktiv dialog shaklida bo‘lib o‘tdi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mita

Поделиться