O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O'zbekistonda elektromobillarni quyosh stantsiyasi yordamida yuqori tezlikda zaryadlovchi qurilma yaratildi

2022-01-28 | Innovatsiya

O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan elektromobillarni zaryadlovchi maxsus qurilma loyihasi moliyalashtirilgan bo'lib, ushbu loyiha asosida O'zbekiston iqlimiy sharoitini hisobga olgan holda energiya saqlash tizimiga ega bo'lgan quyosh fotoelektrik tizimlari orqali mahalliy elektr tarmog'i bilan parallel` holda ishlaydigan elektromobillarni tez zaryadlash qurilmasi yaratildi. U energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutining etakchi olimi, texnika fanlari doktori Nuraddin Matchanov boshchiligidagi bir guruh olimlar tomonidan ishlab chiqildi.

Ushbu qurilma elektromobillarni tez, shuningdek xavfsiz zaryadlash uchun mo'ljallangan. O'rta quvvatli va taqsimlangan generatsiya ob'ektlarini o'rnatish bilan shug'ullanadigan xususiy tadbirkorlar elektr avtomobillarini zaryadlash xizmatini ko'rsatish shahobchalarini tashkil etishda qo'llashlari mumkin.

Loyihani bajarish jarayonida quyosh fotoelektr stantsiyalarini o'rnatish hamda markaziy elektr tarmoqlariga xavfsiz ulash uchun har bir stantsiyaning quvvati va har bir hudud uchun texnik talablar ishlab chiqiladi. Quyosh fotoelektrik stantsiyasini markaziy elektr tarmog'iga ulash uchun texnik shartlar bajarilgandan keyin ishonchli ishlash mezonlari yaratiladi.

Ushbu ishlar to'liqligicha amalga oshirilganidan so'ng, sohada respublikamizda malakali, yetuk mutaxassislar tayyorlash yo'lga qo'yilishi kutilmoqda. Ma'lumot uchun, qurilmaning AC kirish kuchlanishi: 380v ± 15%, tarmoq chastotasi: 50 Gs ± 5%, chiqish kuchlanishi esa: DC 200 ~ 1000V, chiqish toki: 0 ~ 250A.

Zaryadlash tizimi o'rnatilgan tartibda sertifikatlash uchun ma'lum bir vaqt talab etiladi, so'ngra uni seriali ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish – zavod tashkil qilish uchun mablag' talab etiladi. Kelajakda mazkur loyihaga investorlarni jalb qilib, ishlab chiqarishni tashkil etish va respublika bo'ylab o'rnatishni boshlash rejalashtirilmoqda.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться