O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Davlat bojxona qo‘mitasi Raisining soha xodimlariga yo‘llagan bayram tabrigi

2022-01-26 | Iqtisodiyot

Hurmatli hamkasblar !

Barchangizni “26-yanvar – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni” hamda milliy bojxona xizmati tashkil etilganligining 30 yilligi bayrami munosabati bilan samimiy tabriklaymiz.

Darhaqiqat, bojxona organlari mamlakat iqtisodiy xavfsizligi va manfaatlarini taʼminlashda asosiy tayanch va himoyachilardan biridir.

Bu mashaqqatli va sharafli yoʻldagi, ayniqsa davom etayotgan karonavirus pandemiyasi davridagi xizmatimizni butun xalqimiz yaxshi bilib turibdi va munosib qadrlamoqda.

Bunday ardoqli kasb egasi boʻlish Yangi Oʻzbekistonga yanada sadoqatli boʻlishga undaydi.

Har bir qilingan mehnatdan rohat koʻrilganidek, shu kungacha bojxona tizimida amalga oshirilgan samarali va fidoiy mehnat Davlatimiz Rahbarining eʼtiborida boʻldi.

Erishilgan ijobiy natijalar va islohotlarimizni alohida eʼtirof bilan tilga olinganligi bojxona tizimida xizmat qilayotgan har bir xodimda gʻurur, faxr va iftixor tuygʻularini uygʻotmoqda.

Ishonamanki, kelgusidagi vazifalarni ham chuqur his etgan holda bor bilimimiz, malaka va kuch-gʻayratimizni safarbar etamiz. Sharafli burchimizni vijdonan bajarib, Xalq va Yurtboshimiz ishonchiga doimo munosib boʻlib qolamiz.

Sizlarni bugungi bayram bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadoningizga tinchlik - xotirjamlik, masʼuliyatli va sharafli ishlaringizga ulkan zafarlar tilaymiz.

Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat bojxona qoʻmitasi Raisi
A.Y. Mavlonov

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Dаvlаt bоjхоnа qo‘mitаsi

Поделиться