O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hurmatli iste'molchilar!

2022-01-25 | Jamiyat

Avval xabar berganimizdek, bugun, soat 10:57 da Markaziy Osiyo yagona elektr tarmog‘ida katta avariya bo‘lishi oqibatida mamlakatimiz hududlarida elektr energiya ta'minotida o‘chishlar yuzaga keldi.

Prezidentimiz topshiriqlariga binoan elektr energiyasi ta'minotida yuzaga kelgan nosozliklar sababini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha Bosh vazir huzurida hukumat komissiya tuzildi. Komissiya tomonidan birinchi navbatda generatsiya jarayonini tiklash hamda yuqori va past kuchlanishli elektr tarmoqlariga kuchlanish berish orqali iste'molchilarning elektr ta'minotini tiklash vazifasi qo‘yildi.  
 
Hukumat komissiyasi soha vakillariga sodir bo‘lgan nosozliklar takrorlanmasligi, sabablarini aniqlash, elektr ta'minotining barqarorligini ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda zudlik bilan amalga oshirish yuzasidan qator vazifalar yukladi.
 
Eslatib o‘tamiz, yagona elektr tarmog‘iga ulangan O‘zbekiston elektr tarmog‘i bu avariyaning salbiy ta'siri natijasida Toshkent va Sirdaryo issiqlik elektr stansiyalarida avariyaga qarshi himoya tizimi ishlab ketib, ikkala stansiyaning ham avtomatik ravishda o‘chishiga olib kelgan. Bu holat o‘z o‘rnida Talimarjon va To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyalarining ish faoliyatiga ham salbiy ta'sir ko‘rsatgan.
 
Natijada Farg‘ona va Toshkent shahri va viloyati, Farg‘ona vodiysi hududi, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo viloyatlari tarmoqlarida elektr energiyasi ta'minotida uzilishlar qayd etildi.
 
Hurmatli iste'molchilar, shuni ham alohida ta'kidlash lozimki, O‘zbekiston elektr ta'minoti tizimi Markaziy Osiyo elektr energetika tizimi bilan parallel ravishda ishlaydi. Umumtizimning ma'lum bir hududida kuzatilgan nosozliklar boshqa hududlarni avariyadan saqlab qolishi, yoki aksincha, uning barqaror ishiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Avariyaga qarshi releli himoya va avtomatika tizimi energotizim barqarorligi uchun amalga oshiriladigan texnik-muhandislik holati bo‘lib, u tizimda turli nosozlik hamda yong‘inlar chiqishining oldini oladi. 
 
Hozirgi vaqtda Toshkent viloyatidagi Chorvoq, Xodjikent va Tovoqsoy gidroelektr stansiyalari, Navoiy viloyatidagi Navoiy issiqlik elektr stansiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi hamda Farg‘ona viloyatidagi Farg‘ona issiqlik elektr markazi orqali energetika tizimiga quvvat uzatish boshlandi.
 
Ayni paytda respublikamiz hududlarida elektr energiyasi ta'minoti bosqichma-bosqich tiklanmoqda.
 
Nosozliklar bartaraf etilayotgani haqida qo‘shimcha ravishda axborot berib boriladi.
 
O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati
https://t.me/minenergy_uz

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi

Поделиться