O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

E’tirof – bu yuksak sharaf, shu bilan birga katta mas’uliyat ham demakdir – Aziz Abduhakimov

2022-01-24 | Madaniyat

Rost24.uz sayti tomonidan O‘zbekistonning eng faol jurnalistlari va blogerlari eʼtirofi asosida taʼsis etilgan “Yil tanlovi-2021” anʼanaviy taqdirlash marosimida Turizm va sport vazirligi “Eng namunali vazirlik” nominatsiyasida 2-o‘ringa munosib ko‘rildi.

Bu eʼtirof vazirligimiz uchun yuksak sharaf bo‘lish barobarida zimmamizga katta masʼuliyat ham yuklaydi. Biz ushbu eʼtirofga munosib bo‘lish, mamlakatimizda turizm va sport sohalari rivojini yangi bosqichga olib chiqish, O‘zbekistonning xalqaro imijini oshirish yo‘lida yana-da ko‘p mehnat qilishimiz talab etiladi.

Taʼkidlash joizki, Rost24.uz tahririyati o‘zbek jurnalistikasiga o‘ziga xos uslubi bilan kirib keldi va qisqa muddatda o‘z o‘quvchilarini topib ulgurdi. Aslida rost gapirish, haqiqatga tik ko‘z bilan qarash oson emas. Biroq, Rost24.uz tahririyati mamlakatimizda bo‘layotgan voqea-hodisalarga teran nigoh bilan qarab, o‘zining xolisona fikrlari va qarashlari bilan o‘quvchilar mehrini qozonishga muvaffaq bo‘ldi.

To‘g‘ri, tahririyat jamoasi o‘z sahifalari orqali baʼzan turizm va sport sohalaridagi kamchiliklarni tanqid qildi. Biroq, bularning zamirida yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, shaxsan muhtaram yurtboshimiz boshchiligida so‘z erkinligini taʼminlash, jurnalistikani chinakam to‘rtinchi hokimiyatga aylantirish yo‘lidagi saʼy-harakatlar yotibdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

“Tanqid – kelajak mevasi” deyishadi. Rost24.uz sayti jamoasining mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga “labbay” deya javob berib, barcha sohalardagi yutuqlarni eʼtirof etish barobarida yuz berayotgan kamchiliklarni ham xolisona yoritayotganligi jamiyatimiz taraqqiyotiga xizmat qilmoqda. Shu maʼnoda Rost24.uz tahririyatining xizmatlarini qadrlaymiz.

Umid qilamizki, Rost24.uz tahririyati kelgusida ham o‘z sahifalari orqali mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni xolisona yoritish orqali jamiyatimiz rivojiga o‘zining munosib ulushini qo‘shadi. Bu yo‘lda ularga kuch-quvvat tilaymiz.

Marosimning barcha g‘oliblarini samimiy qutlab, yuksak eʼtirof uchun o‘z minnatdorligimizni bildiramiz!

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться