O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«NazzAR» startap loyihasining elektron muzeyi Jizzax shahrida o'rnatildi

2022-01-24 | Jamiyat

Jizzax shahri Shodlik mahallasida SmartChain AT kompaniyasi direktori Bobur Rahimov bilan davra suhbati tashkil etildi. Bobur Rahimov yoshlarga «NazzAR» innovatsion startap loyihasi va uning ahamiyati, yoshlarga ta'siri haqida tushunchalar berdi va «NazzAR» startap loyihasining elektron muzeyini mahallaga sovg'a qildi.

So'ngra Jizzax viloyat innovatsion rivojlanish boshqarmasi boshlig'i Mansur Musaev Jizzax viloyatidagi innovatsion muhit, yoshlar orasida startap loyihalarni har tomonlama takomillashtirish va yanada rivojlantirish strategiyasi to'g'risida yoshlarga ma'lumotlar berdi. Davra suhbati yakunida yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Ta'kidlash joizki, Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan qo'llab-quvvatlab kelinayotgan startap loyihalaridan biri – to'ldirilgan reallikka asoslangan «NazzAR» mobil ilovasini yaratgan SmartChain AT kompaniyasidir.

Ushbu «NazzAR» startap loyihasi har qanday moddiy vositaga kengaytirilgan reallik elementlarini birlashtirishi mumkin bo'lgan innovatsion dastur hisoblanadi. Smartfon orqali «NazzAR» belgisiga yo'naltirilganda mobil qurilma ekranida real ob'ektlarning 3D shakllari, video roliklari, foto suratlar jonlanadi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться