O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tashabbusli budjet jarayonlarida ta'mirlangan ichki yo‘llar to‘g‘risida ma'lumot

2022-01-18 | Iqtisodiyot

Xabaringiz bor, 2021-yilda o‘tkazilgan tashabbusli budjet jarayoni davomida fuqarolar tomonidan jami 41 mingdan ortiq takliflar kelib tushdi va ushbu takliflarga 1,1 mlndan ortiq fuqarolar o‘z ovozlarini berdilar. Natijada mamlakat bo‘ylab qariyb 1600 ta takliflar g‘olib deb topildi hamda ushbu takliflarni moliyalashtirish uchun “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari xisobidan jami 407,1 mlrd so‘m yo‘naltirildi.

G‘olib deb topilgan takliflarning aksariyat qismi ya'ni, 400 ga yaqin (jami takliflarga nisbatan 26 foizi) aynan ichki yo‘llarni ta'mirlash bilan bog‘liq muammolarni o‘zida aks ettirgan. Yil yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan takliflar doirasida hududlarda qariyb 300 km ichki yo‘llar va piyodalar yo‘laklari ta'mirlangan.

Jumladan, birgina Qashqadaryo viloyatining o‘zida 46 ta taklif doirasida 13,1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltirilib, natijada 37,8 km yo‘llarda ta'mirlash ishlari olib borilgan. Shundan, qariyb 28 km da yo‘llar asfal't qoplama bilan qoplangan bo‘lsa, 10 km ga yaqin tuproqli yo‘llarga shag‘al yotqizilgan.

Quyida hududlar kesimida mamlakatimiz bo‘ylab ta'mirlangan ichki yo‘llar to‘g‘risida ma'lumot bilan tanishishingiz mumkin:

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda Tashabbusli budjet jarayonlari ikki marotaba – fevral hamda iyul oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu tadbirlar doirasida 1,5 trln so‘mdan ortiq mablag‘lar fuqarolarning fikri asosida yo‘naltiriladi. Tashabbus ko‘rsating, budjet mablag‘larini sarflanishida o‘z hissangizni qo‘shing.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться