O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
15 - yanvardan O‘zbekistonga kirishda yangi cheklovlar amal qiladi
2022-01-14 | Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi TIV mamlakatga koronavirus infektsiyasining yangi «omikron» shtammi kirib kelishining oldini olish maqsadida qabul qilingan qo‘shimcha karantin choralarining joriy etilishini ma’lum qildi.
1. 15 - yanvardan boshlab O‘zbekiston hududiga kirib kelayotgan fuqarolar (avtomobil harakati bundan mustasno) kirishidan kamida 48 soat oldin PZR usulida o‘tkazilgan koronavirus infektsiyasi uchun salbiy test natijasini taqdim etishlari, shuningdek, O‘zbekiston hududiga kirishda koronavirus infektsiyasi mavjudligini aniqlash uchun ekspress antigen testini topshirishlari shart.
2. Shu bilan birga, Qirg‘iziston hududidan chegara avtomobil o‘tkazish punktlari orqali kirib kelayotgan fuqarolar kirishidan kamida 48 soat oldin PZR usulida o‘tkazilgan koronavirus infektsiyasi bo‘yicha faqat salbiy test natijasini, boshqa chegaradosh davlatlar hududidan kirib kelayotgan fuqarolar esa koronavirus infektsiyasi mavjudligiga ekspress-antigen test topshirishlari kerak.
Shu bilan birga, O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari O‘zbekistonning So‘x, Shohimardon, Cho‘ng‘ara, Toshtepa, Bunyodkor, Jomiy va Qardoshlik aholi punktlari hududiga kirish va chiqish, shuningdek, tranzit orqali o‘tishlarida koronavirus infektsiyasi uchun barcha turdagi testlarni topshirishlari talab qilinmaydi.
3. Shu bilan birga, 15 - yanvardan boshlab O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan davlat chegarasini ikki davlat fuqarolarining kesib o‘tishi vaqtincha to‘xtatiladi, quyidagi toifadagi shaxslar bundan mustasno:
havo yo‘llari orqali kiruvchi barcha toifadagi fuqarolar;
vataniga qaytgan O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolari (keyingi o‘rinlarda tomonlarning fuqarolari deb yuritiladi);
hukumatlararo kuryerlik aloqasi xodimlari;
xalqaro yuk tashishni amalga oshiruvchi haydovchilar;
rasmiy (hukumat) delegatsiyalari tarkibida bo‘lgan shaxslar;
diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari va xalqaro tashkilotlar xodimlari, shuningdek ularning oila a’zolari;
Qozog‘iston hududida joylashgan O‘zbekiston obyektlari, shuningdek, O‘zbekiston hududida joylashgan Qozog‘iston obyektlarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar;
ushbu davlatlarda investitsiya loyihalari doirasida o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston, shuningdek Qozog‘iston fuqarolari;
O‘zbekistonda doimiy yashovchi Qozog‘iston fuqarolari, shuningdek, Qozog‘istonda doimiy yashovchi O‘zbekiston fuqarolari;
o‘qish maqsadida tomonlarning fuqarolari;
og‘ir kasal bo‘lgan yaqin qarindoshlarini ko‘rish yoki yaqin qarindoshlarining dafn marosimlarida qatnashish maqsadida tibbiy maqsadlarda kiruvchi (ketayotgan) tomonlarning fuqarolari;
vafot etgan O‘zbekiston fuqarolarining jasadlarini Qozog‘iston hududida va Qozog‘iston fuqarolarining O‘zbekiston hududida hamrohlik qilayotgan tomonlar fuqarolari.
Manba: O‘zbеkistоn Respublikasi trаnspоrt vazirligi