O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mudofaani boshqarish milliy markazi ochildi

2022-01-13 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev 13-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi mudofaasini boshqarish milliy markazini borib ko‘rdi.

Mudofaa vazirligida barpo etilgan ushbu markaz qo‘shinlar boshqaruvining eng zamonaviy shakllarini mujassam etgan, barcha kuch tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirib borishga ixtisoslashgan. Majmua yuqori texnologik imkoniyatlari bilan yurtimiz havo sarhadlarini, o‘quv muassasalari va poligonlardagi mashg‘ulotlar jarayonini real vaqtda kuzatish, bo‘linmalarning harakatini trank aloqa orqali nazorat qilishni ta’minlaydi.

Shuningdek, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, bunda harbiy-ma’muriy sektorlarning ishtiroki, qo‘shinlarning kundalik va jangovar faoliyati bo‘yicha ma’lumotlar to‘planib, tizimli monitoring olib boriladi.

Oliy Bosh Qo‘mondon ushbu markazda yaratilgan sharoitlar va texnik imkoniyatlar bilan tanishdi. Mutasaddilarga uning faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, mudofaa tizimiga tezlik bilan integratsiya qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

– Bu markaz mamlakatimiz harbiy xavfsizligini ta’minlashda tayanch tuzilmaga aylanishi zarur. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda markaz uchun dasturiy-apparat majmuasini ishlab chiqish kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ayni paytda bu yerda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi davom etmoqda.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться